Baxtiyor santexnika sotadi. Bahorda aralashtirgichlar yetkazib beruvchisi narxni oshirdi, kirim yangi narxda rasmiylashtirildi, doʻkondagi narx yorligʻi esa eskicha qoldi. Aralashtirgichlar yaxshi sotildi, Baxtiyor sotuvlardan xursand edi. Yarim yildan keyin foydani hisoblashga oʻtirib, bu aralashtirgichlardan hech narsa topmaganini koʻrdi. Partiyaning bir qismida hatto zarar qilgan.
Bu doim boʻlib turadi: xarid narxlari biz sotuv narxlarini qayta koʻrib chiqishga ulgurganimizdan tezroq oʻzgaradi. Ayniqsa tovar minglab boʻlsa va kirimlarni omborchi rasmiylashtirsa.
Nega bu koʻrinmaydi
Chekda faqat sotuv narxi koʻrinadi. Tannarx — barcha kirimlarni hisobga olganda tovar sizga aslida qanchaga tushgani — hisobotlarda turadi. Hisobotlarni oyda bir marta ochishadi, sotish esa har kuni.
Dasturda bu qanday koʻrinadi
Dastur har bir tovarning tannarxini biladi: uni har bir kirimda qayta hisoblaydi. Kassada Ctrl+Q ni bosing — har bir qatordagi narx ostida «tannarx … · ustama … %» chiqadi. Yana bossangiz, xaridor koʻrmasligi uchun yashirinadi.
Bu yozuv faqat xarid narxlarini koʻrish huquqi borlarga koʻrsatiladi. Bunday huquqi yoʻq sotuvchi Ctrl+Q ni bossa ham uni koʻrmaydi.
Ustama kichrayib qolsa yoki minusga ketsa, bu yarim yildan keyin emas, birinchi sotuvdayoq koʻrinadi. Baxtiyor endi narxni oshirish vaqti kelmadimi, deb ba’zan bir-ikki tovarni Ctrl+Q bilan urib tekshiradi.
Doʻkonda narxlar, tannarx va foyda qanday ishlashi — doʻkon uchun dastur sahifasida.